Qidirish uchun yozing

Madaniyat

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining professor-o‘qituvchilari esse yozish borasida o‘zaro bellashdi

  Ulashish

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida “Abul Muin Nasafiy hayot yo‘li va ilmiy merosini o‘rganishning ahamiyati” mavzusidagi akademik guruh murabbiylari o‘rtasida esselar tanlovida 300 dan ortiq akademik guruh murabbiylari ishirok etdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga institut Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Muhiddin Allanazarov ma’lum qilmoqda.

Muhiddin Allanazarovga ko‘ra, tanlov Prezidentning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlash, ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini tadqiq etish, Islom olamining buyuk allomasi Abul Muin Nasafiyning hayot yo‘li va boy ilmiy merosini o‘rganish yoshlarni turli yot oqimlardan asrashda, ularni haqiqiy barkamol avlod bo‘lib o‘sishi, el-yurtiga xizmat qiladigan komil, fidoiy insonlar qilib tarbiyalash maqsadida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida institut rektorining 2019 yil 10 apreldagi buyrug‘iga binoan o‘tkazilgan.

Butun umrini insonning ma’naviy-ruhiy kamoloti yo‘liga bag‘ishlagan buyuk vatandoshimiz Abul Muin Nasafiyning hayoti va faoliyati, alloma qoldirgan boy ilmiy meros mazmun-mohiyati bilan yaqinroq tanishish maqsadida tashkil etilgan ijodiy tanlovda 300 dan ortiq akademik guruh murabbiylari ishirok etdi.

— “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi va institut murabbiylar Kengashi tashabbusiga binoan tashkil etilgan mazkur tanlovning bosh maqsadi – Buyuk vatandoshimiz Abul Muin Nasafiyning hayoti va qoldirgan boy ma’naviy merosi mazmun – mohiyatini anglab etish, uning ta’limoti ahamiyatini talaba yoshlarga etqazish xamda erkin fikrga ega murabbiylarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan, — deydi Muhiddin Allanazarov.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yozilgan esselarda xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.