Qidirish uchun yozing

Madaniyat

Nishon tumanidagi 1-MTM qariyb 2 milliard mablag‘ evaziga yangi qiyofa kasb etdi

  Ulashish

Nishon tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 1-maktabgacha ta’lim muassasasi 2018 yil «Obod qishloq» Davlat dasturi asosida qayta ta’mirlandi.

Umumiy qiymati 1 milliard 870 million so‘mlik qurilish ishlari «Omad Sh» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, muassasa tomi, issiqlik va ichimlik suvi liniyalari yangilangan. Ichki va tashqi pardozlash hamda atrofni obodonlashtirish ishlari bajarilgan. Yangi jihozlar bilan ta’minlangan.

Bog‘chaga kirib borishimiz bilan atrofning obodligi diqqatimizni tortdi. Darhaqiqat, “Obod qishloq” Davlat dasturi bo‘yicha olib borilgan qurilish ishlaridan tashqari, obodonlashtirish ishlari ham kishi e’tiborini tortmay qolmaydi. Ko‘ngilga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Iroda Farmonova

– Davlatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim sohasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, muassasamiz qisqa fursatda qayta ta’mirlanib, zamonaviy va ko‘rkam maskanga aylandi. Albatta, bundan ota-onalar ham juda mamnun, – deydi bog‘cha mudirasi Iroda Farmonova.

Iroda Farmonovaning aytishicha, qurilish ishlari 2018 yil iyun oyida boshlanib, 2018 yil 25 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan.

— Ayni paytda bog‘chamizda 200 nafar bola tarbiyalanmoqda, — deydi bog‘cha mudirasi. – Yana 50 o‘rinli qisqa muddatli guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Nasib etsa yoz oyi boshida guruhlar o‘z faoliyati boshlaydi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.