Qidirish uchun yozing

Haftalik faollar

Qarshi shahridagi 62 nafar profilatika inspektorlariga faoliyatini 24 soat davomida kuzatish imkoniyatini beruvchi xizmat telefonlari topshirildi

  Ulashish

Qarshi shahrida xizmat olib borayotgan mavjud 62 ta mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektorlariga UzGps dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan Artel U5 rusumli xizmat planshetlari topshirildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ushbu planshetlar orqali profilaktika inspektorlarining Qarshi shahar kartasidan qaerda xizmat olib borayotganligini aniqlash, ularning xizmat faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib borish hamda 24 soat davomida xizmat huddudlarida bo‘lishlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Planshetlarga yuklangan programmalar orqali orqali kelgusida fuqarolar profilaktika inspektorlariga murojaat qilmoqchi bo‘lganida, o‘zlari turgan joyda qaysi profilaktika inspektori xizmat olib borishini va uning telefon raqamlari, tayanch punkti yoki xizmat uyining manzili to‘g‘risida ma’lumot olishlari yoxud to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu tizim orqali tegishli profilaktika inspektoriga elektron murojaat qoldirish imkoniga ega bo‘ladi, — deyiladi IIB matbuot xizmati xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha ushbu tadbir Prezidentning 2018 yil 24 dekabrdagi qarori va joriy yilning 10 yanvarida o‘tkazilgan yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurash borasida bergan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan bo‘lib, bunda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, jinoyatchilikning oldini olishni takomilashtirish borasida yaratilgan yangi elektron axborot tizim «Profinspektor» dasturiy ta’minoti planshetlarga o‘rnatilib, «Profinspektor» dasturi ta’minoti doimiy ishlashi uchun ushbu dasturning bazasini yaratish va to‘ldirish ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.