Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Qamashi tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga qariyb 14 million zarar yetkazgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi

  Ulashish

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining 2019 yil 19 apreldagi sayyor sud majlisida tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 13 million 738 ming so‘m zarar keltirgan fuqaro S.O‘roqov ishi ko‘rib chiqilib, unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matubot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova xabar bermoqda.

Gulnoza Dilmurodovaga ko‘ra, MIB Qamashi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2017 yil 18 oktyabrda o‘tkazilgan monitoring davomida tumandagi “Gulshan” MFYda yashovchi fuqaro S.O’roqov qonunga zid ravishda yashash uyidagi novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, bir dona loy tandir ichiga qo‘lbola spiral o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 6 million 178 ming 52 so‘m miqdorida zarar etkazganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 101-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilgan.

Bundan tegishli xulosa chiqarmagan iste’molchi keyinchalik umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish jinoyatini sodir qilgan. Ya’ni 2018 yil 15 noyabrdagi navbatdagi reydda fuqaro yashash hovlisidagi novvoyxonada qo‘lbola loy tandirga metal simni o‘rab spiral yasab, ushbu spiralni yashash uyi yonidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga, ya’ni 0.4 kVt havo liniyasiga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, reyd o‘tkazilgan kunga qadar 30 240 kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasiga 7 million 560 ming so‘m zarar etkazgani aniqlangan.

Sayyor sud majlisida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 185/2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 7 oy muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlangan. Yetkazilgan zararni tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga undirish belgilangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.