Qidirish uchun yozing

Madaniyat

Qarshi davlat universitetida iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorlikning dolzarb muammolari muhokama qilindi

  Ulashish

Qarshi davlat universitetida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi” mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anjuman Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturining “RENES” loyihasi asosida amalga oshirilgan bo‘lib, unda yarim o‘tkazgichlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari, yarim o‘tkazgichli fotovoltaikaning tadqiqiy va amaliy masalalari, iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorlik va tejamkorlikning dolzarb muammolari, muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy amaliy asoslari hamda fan-ta’lim-ishlab chiqarish integeratsiyasi: muammolarining echimlari muhokama qilindi.

Tadbirda Shvetsiya qirolligi texnologiya instituti, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasiga qarashli “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va barcha viloyat pedagogika universitetlari professor-o‘qituvchilari hamda magistrlari qatnashdi.

Anjumanda so‘z olgan Qarshi davlat universiteti rektori, professor Bahodir Shoimqulov bu kabi tadbirlar universitetlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.