Qidirish uchun yozing

Eng ko'p ulashilgan

MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan 3 va 5 yoshli bolalar Toshkent viloyatidan topildi

  Ulashish

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2018 yil 1 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, avtohalokat tufayli ota-onasidan bevaqt yetim qolgan 5 yoshli Asadbek va 3 yoshli Umidaxon bobosi Baxtiyor Meyliyev tarbiyasiga berilgan edi. Sud qarori ijrosini ta’minlashga kirishgan MIB xodimlari avtohalokatdan so‘ng bolalarni olib qolgan tog‘asi Shuhrat Rizayev xonadonidan topa olmagach, qidiruvga bergan. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ota-onasidan yetim qolgan farzandlar dastavval tog‘asi Shuhrat Rizayev tarbiyasida qolgan edi. Bolalarning bobosi Baxtiyor Meyliyev nabiralarini qaytarib olish, o‘zi tarbiyalab voyaga etkazish uchun ko‘p urindi. Ammo o‘zaro kelishishning foydasi bo‘lmagach, bu ish sudda hal qilinadigan bo‘ldi. 2018 yil 1 oktyabrda sud bo‘lib o‘tgach, sud qarori ijrosi 2018 yil 15 noyabrda Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ushbu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Byuroning tuman bo‘limi xodimlari bolalarni tog‘asinikidan topa olmagach, ularga nisbatan 2019 yil 23 yanvar kuni qidiruv e’lon qilgan.

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining Axborot taminoti va mol-mulk qidiruvi sho‘basi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan bolalar 2019 yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqarolar E. va Sh. Xoldorovlar qaramog‘ida ekanligi aniqlangan va ushbu kuni bolalarni Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi bobosi B.Meyliyevga olib berilishi ta’minlangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.