Qidirish uchun yozing

Voqea

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi qimmatbaho avtomobillari haqida xabar berildi

  Ulashish
Gulnora Karimovaning Shveysariyada Mercedes-Benz SLR2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 rusumli avtomobillari bo‘lgan. Ularning umumiy narxi 1 million frankka (qariyb 1 mln AQSh dollari) baholanmoqda, deya xabar berdi “Xabar.uz”

“Ushbu avtomobillarning kalitlari 2013-yildayoq konfiskatsiya qilingan. Ammo hamon Gulnora Karimova tomonidan 2009-yilda 18,2 mln frankka sotib olingan Kolonidagi hovlisi hududida qolmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Gulnora Karimova 2008-yili O‘zbekistonning BMTdagi vakili etib tayinlangandi. Biroq 2013-yili u diplomatik immunitetdan mahrum bo‘ladi va Shveysariya prokuraturasi unga nisbatan pullarni o‘zlashtirish aybi bilan jinoiy ish ochadi. Natijada uning Shveysariya banklaridagi hisobida saqlangan 800 mln frank muzlatib qo‘yiladi

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.