Qidirish uchun yozing

Kerakli

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 2 million deyishyapti. 3 oy ilgari 1 million 600 deyishgandi

  Ulashish

2019 yil so‘nggi 3 oyida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 2 049 700 so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan yili iyunda 1,6 mln. edi, o‘sishni qarang, — deb yozadi Zed news.

Bu raqamga ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud. Bu 2018 yildagi shu davrga nisbatan nisbatan 32,2 foizga o‘sgan.
Oylikka yashaydigan odam uchun bu yaxshi ko‘rsatkich, deb o‘ylashingiz mumkin. Shu 2 mln. ichiga kirib ketadigan soliqlarni chiqarib tashlasak ham, o‘rtacha oylik 1,5 mln. so‘mdan ortiq bo‘lib turibdi. Bu real hayotga to‘g‘ri keladimi?

Hurmatli statistlar, shunday oyligi bor ishxonani ko‘rsatinglar! Qishloqdagi yoshlarimiz Rossiya yo Qozog‘istonga borib qiynalib yurishmasin, bekorga o‘lib ketishmasin. Yoki o‘rtacha oylik miqdori qanday hisoblab chiqilganini ochiqlang, hamma bilsin.
Yaxshi bir ibora esga tushib qoldi: bir odam o‘lsa, fojia, 10 tasi o‘lsa, statistika.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.