Qidirish uchun yozing

Dolzarb

10 maydan e’tiboran kunduz kuni ham avtomobilingiz chirog‘ini yoqmasangiz 101 365 so‘m jarima to‘laysiz

  Ulashish

Avvalroq O‘zbekistonda kunduzi avtomashinalar chirog‘ini yoqib yurishi kerakligi haqida xabar bergan edik. Ana shu qoidaga bo‘ysunmaganlar qancha jarima to‘lashi va bu nima uchun kerakligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy matbuot markazida IIV YHXBB matbuot xizmati boshlig‘i Akmal Yunusov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha bu yo‘lovchi va avtomashina o‘rtasida sodir bo‘ladigan avtohaklokatlarning oldini olishi uchun ancha foydali metodlardan biridir. Agarda haydovchi chiroqni yoqmay yursa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida jarimaga sabab bo‘linishi ta’kidlandi.

Ushbu qoida tahminan joriy yilning 10 may sanasidan kuchga kirishi ham aytib o‘tildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.