Qidirish uchun yozing

Sport

Qarshi shahrida o‘t o‘chiruvchilar chempionati bo‘lib o‘tdi

  Ulashish

Joriy yilning 18-21 aprel kunlari Qarshi shahrida yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha O‘zbekiston “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati chempionati o‘tkazildi. Chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar yong‘in xavfsizligi boshqarmalari hamda ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash boshqarmalari terma jamoalaridan iborat 17 ta jamoa ishtirok etdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chempionatda terma jamoalar 4×100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish hamda yong‘in o‘chirish avtomobili orqali jangovar yoyilish turlari bo‘yicha kuch sinashagan.

4×100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi turi bo‘yicha birinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyati terma jamoasi qo‘lga kiritgan.
100 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida esa birinchi o‘rin Andijon viloyatiga nasib etgan. Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish turida omad yana Qashqadaryo viloyati vakillariga nasib etgan.

— Nazarimda bugun har bir jamoa o‘zining nelarga qodir ekanligini bilib oldi, — deydi Qashqadaryo viloyati IIB YoXB boshlig‘ining Xizmat bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Farhod Quvvatov. — Mehnatining samarasini ko‘rdi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan har bir jamoa a’zolari “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati diplomi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Musobaqa yakuniga ko‘ra, 4 tur bo‘yicha umumjamoa hisobida Qashqadaryo viloyati jamoasi 3-o‘rin, Yong‘in xavfsizligi instituti terma jamoasiga 2-o‘rin va Buxoro viloyati jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.