Qidirish uchun yozing

Voqea

«Ulgurmadik, so‘roq qilinadigan odamlar juda ko‘p» — Rashid Qodirovning sud jarayoni tafsilotlari oshkor etilmayotgani sababi ma’lum bo‘ldi

  Ulashish

Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov sudining tafsilotlari nega oshkor qilinmayotgani yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov izoh berdi. Bu haqda «Sevimli» kanalida ma’lum qilingan.

«Bu jinoyat ishi doirasida 13 nafar shaxs hozirgi kunda sudga berilgan. Ularga ham firibgarlik, pora olish, pora berish, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, tergov qilishga va sud ishlariga aralashish holatlari yuzasidan ayblovlar qo‘yilgan. Jinoyat ishi o‘ta murakkab, ko‘p voqeali bo‘lgani munosabati bilan jinoyat ishini sudda ko‘rish muddati jinoyat protsessual kodeksining 405-moddasi tartibida 4 oygacha uzaytirilgan. Ulgurmadik, so‘roq qilinadigan odamlarning soni ham juda ko‘p, shuning uchun bugungi kunda sud tergovi hali davom etmoqda. Sud tergovi yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi va mening o‘ylashimcha bu OAVda yoritiladi», — deydi B. Islomov.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.