Qidirish uchun yozing

Kerakli

Alimentdan qarzdor yakkabog‘lik ona 3 nafar farzandi uchun qariyb 17 million so‘m to‘lab berdi

  Ulashish

MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi xodimlari fuqaro Nigora Tilovovadan turmush o‘rtog‘i O‘tkir Musurmonov foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 16 million 560 ming so‘m aliment undirib berdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova ma’lum qilmoqda.

Gulnoza Dilmurodovaning ma’lumot berishicha, Nigora Tilovova 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan, oiladagi kelishmovchiliklar sabab 2017 yilda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. 2017 yil farzandlarini tashlab, ishlash uchun chet davlatiga ketgan.

2017 yil fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudi tomonidan qarzdor N.Tilovovadan undiruvchi O‘.Musurmonov foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik daromadining 50 foizi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida sud qarori chiqarilib, ijroga qaratilgan.

«Shundan so‘ng, bo‘lim tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor joriy yilning 15 aprel kuni 2017 yildan 2019 yilning shu davriga qadar alimentdan jami 16 560 000 so‘m qarzini to‘liq to‘lab berdi” , – deyiladi MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matubot xizmati xabarida.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.