Qidirish uchun yozing

Muhim

MIB direktori o‘rinbosarining Qashqadaryodagi sayyor qabulida 57 ta muammo o‘rganildi

  Ulashish

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Sodiqjon Berdialiyev 15 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlaridan kelgan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova ma’lum qilmoqda.

Gulnoza Dilmurodovaga ko‘ra, Qarshi tumanidagi 7-sonli bolalar va o‘smirlar Musiqa va san’at maktabi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda viloyatning Qarshi shahri, Qarshi, Kasbi, Mirishkor, Nishon, G‘uzor, Koson va Dehqonobod tumanlari aholisining 57 ta murojaati tinglanib, muammoga yechim topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati va tumandagi mutasaddilar ishtirok etgan.

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, sayyor qabul 16 aprel kuni Shahrisabz shahridagi Texnologiya kasb-hunar kolleji binosida Byuroning Shahrisabz shahar, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari aholisi uchun davom etadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.