Qidirish uchun yozing

Voqea

MIB direktori o‘rinbosari Qashqadaryoda sayyor qabul o‘tkazadi

  Ulashish

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Sodiqjon Berdialiyev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 15 aprel kuni Qarshi tumanidagi 7-sonli Musiqa va san’at maktabi binosida viloyatning Qarshi shahri, Qarshi, Kasbi, Mirishkor, Nishon, G‘uzor, Koson va Dehqonobod tumanlari aholisi uchun, 16 aprel kuni Shahrisabz shahridagi Texnologiya kasb-hunar kolleji binosida Byuroning Shahrisabz shahar, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Byuroning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati va hududlardagi mutasaddi rahbarlar ishtirok etadi.

Tadbir davomida aholi tomonidan soha doirasida o‘zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Ma’lumot uchun: Sayyor qabul soat 10:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.