Qidirish uchun yozing

Sport

Jahon Kubogi bahslarida o‘zbekistonlik talabalar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

  Ulashish

Joriy yilning 10-12 aprel kunlari Tayland qirolligining Chang Mayi shahrida Jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida Jahon Kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz vakillari 6 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xalqaro Jiu-jitsu federatsiyasi, Xalqaro universitet sport federatsiyasilari tashabbusi bilan tashkil etilgan sport bayramida dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan sportchi talabalar ishtirok etgan. O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi mazkur nufuzli musobaqada birinchi marotaba ishtirok etishiga qaramay umumjamoa hisobida 2-o‘rinni band etgan.

“Ne Waza, Fighting, Duo system yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tgan murosasiz bahslar yakunida Umid Nabiyev, Feruz Usmonov, Nozimjon Odilov, Kamoliddin Anarqulov, Azizbek Tohirov, Umid Rahimovlar terma jamoamiz hisobiga 6 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, Jahon Kubogida Tayland jamoasi birinchi, qozog‘istonlik jiu-jitsuchilar hamyurtlarimizdan keyingi uchinchi o‘rinni zabt etishgan.

Xabarda aytilishicha, 16-aprel kuni g‘olib va sovrindorlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro Aeroportida kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.