Qidirish uchun yozing

Muhim

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo xalqi muammosini o‘rganishni boshladi

  Ulashish

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev aholining turli qatlamlari bilan muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida 10 aprel kuni Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi binosida sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning xorijga chiqish-kelish, fuqarolikni rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish masalalari, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatlari, haydovchilik guvohnomalarini olish tartibi, qoidabuzarlikka nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar miqdori va Ichki ishlar idoralariga xizmatga o‘tish kabi masalalar xususidagi shikoyatlar tinglanadi va muammolarga echim topiladi.

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, sayyor qabul ertalab 10:00 dan kechki soat 18:00 ga qadar davom etadi. Sayyor qabul 11 aprel kuni Shahrisabz shahrida davom etadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.