Qidirish uchun yozing

Voqea

Rashk sababli yuz bergan qotillik

  Ulashish

2019 yil 7 aprel kuni soat 01:30 larda Yangiyo‘l tumani “Ahil” mahallasida yashovchi 1993 yil tug‘ilgan Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi A.A. shu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida 1992 yil tug‘ilgan fuqaro B.X. bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari etkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qilmoqda.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.