Qidirish uchun yozing

Voqea

Qarshida 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Yordam ko‘rsatilmagan o‘quvchi esa voqea joyida vafot etdi

  Ulashish

2019 yil 2 aprel kuni soat 12:30 larda Qarshi shahridagi “Islom Karimov” ko‘chasidan “Qarshi” choyxonasi tomon harakatlanib ketayotgan “Nexia” ushbu hududda joylashgan 21-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan yashirinadi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Yo‘l harakati xavfsizligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Ahror Usmonov ma’lum qilmoqda.

Ahror Usmonovga ko‘ra, haydovchi hududdagi yuqori tezlikni cheklovchi yo‘l belgisiga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanib kelib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan o‘quvchi Y.I. ni urib yuboradi va jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketadi. Oqibatda jabrlanuvchi Y.I. voqea joyida vafot etadi.
Voqeadan xabardor qilingan Yo‘l patrul xizmati xodimlari sa’y-harakati bilan haydovchi, Qarshi shahri “Shayxali” shaharchasi Muborak ko‘chasida yashovchi J.S. otasiga tegishli oq rangli “Neksiya”da shahar hududida qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra, “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” oqibatida odam o‘limi kuzatilsa, haydovchi nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilinib, etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.