Qidirish uchun yozing

Kerakli

Qashqadaryoda hokimlar orasida kim birinchi bo‘lib o‘quvchilarga kitob ulashdi?

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatidagi mavjud 13 ta tuman va 2 ta shahar hokimlari orasida Dehqonobod tumani hokimi birinchi bo‘lib o‘quvchilarga kitob ulashdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov xabar bermoqda.

Foto: «Ziyonews»

Bekzod Mamatqulovga ko‘ra, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 29 mart kuni XDP viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Muzaffar Turopov, Dehqonobod kaliy zavodi direktori Hamidilla Shermatov bilan birgalikda tumandagi 23-maktabda bo‘lib, maktab o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilishdi.

Tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddilarning keyingi manzili tumandagi 2-umumta’lim maktabi bo‘lib, tashrif chog‘ida mazkur maktabda “Farzandingizga kitob sovg‘a qiling» shiori ostida kitob yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarka doirasida tuman hokimi maktab kutubxonasiga 20 dona kitob sovg‘a qildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Dehqonobod tumani hokimi 29 mart kuni jami 14 ta maktabga 280 dona kitob ulashgan. Eng quvonarlisi, bu kabi xayrli ishlardan nogironligi sabab uyida ta’lim olayotgan o‘quvchilar ham chetda qolmagan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.