Qidirish uchun yozing

Voqea

Kosonda joriy yilning 3 oyi mobaynida 29 ta ajrim kuzatildi. 2018 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 40 tani tashkil qilardi

  Ulashish

Koson tuman FHDYO bo‘limi rahbari Dilfuza Rahmonovaning ta’kidlashicha, 2018 yilning yanvar, fevral va mart oylarida tumanda 40 ta oilada ajrim holati kuzatilgan. 2019 yilning o‘tgan 3 oyi sarhisob qilinganda bu ko‘rsatkich 29 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Koson tumani FHDYO bo‘limida tashkil etilgan «Ajrimlarning oldini olish» mavzusida davra suhbatida ma’lum qilindi.

“Raqamlar oilaviy ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamayganligini ko‘rsatmoqda, — deydi tuman FHDYO bo‘limi rahbari Dilfuza Rahmonova. — Hayotda baxtli turmushga ahd qilgan, oilaviy mehr va sabrni bir-biriga va’da qilgan yoshlar soni ko‘payayotgani quvonarli, albatta.

Tadbirda ta’kidlanishicha, 2019 yilning birinchi choragida tumanda 379 ta yangi oila nikohi rasmiylashtirilgan. Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, oila ilmiy tadqiqot markazi hodimlari, mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan omillar haqida so‘z bordi. Ajrim yoqasidagi oilalar ahvolini o‘rgangan mas’ullarning fikr-mulohazalari tinglanib, masala echimi xususida takliflar o‘rtaga tashlandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.