Qidirish uchun yozing

Kerakli

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etish uchun 16 ming nafardan ortiq pedagog ro‘yxatdan o‘tdi

  Ulashish

Xalq ta’limi vazirligi joriy yil 19-mart kuni “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2019” respublika tanloviga start bergandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtga kelib tanlovda ishtirok etish uchun 16,2 mingdan ziyod o‘qituvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.

Vazirlik tanlov statistika ma’lumotlarini keng ommaga taqdim etish maqsadida maxsus sahifaniishga tushirdi. Mazkur sahifada tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan o‘qituvchilar soni haqidagi ma’lumot hudud va tumanlar kesimida taqdim etiladi. Sahifa har besh daqiqada avtomatik tarzda yangilanadi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi o‘qituvchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi bildirilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.