Qidirish uchun yozing

Dunyo

Tereza Mey: Brexit bo‘yicha bitim tasdiqlansa iste’foga chiqishga va’da beraman

  Ulashish

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlament uning mahkamasi tomonidan Brexit bo‘yicha kelishuvni tasdiqlasa iste’foga chiqishga va’da bergan, deya xabar beradi “Vedomosti”.

“Men ishonchli manbalarim Tereza Mey o‘zining shahardan tashqaridagi uyida Boris Jonson, Ian Dunkan Smit, Stiv Beyker, Jeykob Ris Mogg, Devid Devis va boshqalarga uning Brexit bo‘yicha kelishuvi uchun ovoz bersa hukumatni tark etishini ma’lum qilgan”, — deydi ITV telekanali sharhlovchisi Robert Peston.

Mey iste’foga chiqishi uchun boshqa shartlar qo‘ymagan, shuning uchun parlament a’zolari uning va’dasini bajarishiga shubha qilmoqda. Agar Mey shartnoma uchun ovoz berishga konservatorlar va Shimoliy Irlandiya demokratik partiyasi a’zolarini ishontirgan taqdirda ham barbir yetarli ovoz to‘play olmaydi.

Britaniyaning The Times nashri, 24-mart kuni manbalarga tayanib xabar berishicha, Britaniya hukumatining kamida 11 nafar vaziri Meyning iste’fosini talab qilmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Bosh vazirning o‘rinbosari Devid Lidingtonning bosh vazir bo‘lishini istamoqda. U YeI bilan muzokaralar uzaytirilishini ta’minlash, Brexit bilan bog‘liq yangi siyosat bo‘yicha kelishuv yechimini topishi kerak.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.