Qidirish uchun yozing

Mahalliy

O‘qituvchining oyligi qachon 1000 dollarga yetadi?

  Ulashish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov jamiyatda o‘qituvchining maqomini yuksaltirish, mavqeini oshirish, ijtimoiy ta’minlanganlik darajasini ko‘tarish, o‘qituvchini o‘z xizmat vazifasidan tashqari ishlardan ozod qilish singari sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapiribdi. Jumladan:

«Davlatimiz rahbarining eng birinchi qarori ham o‘qituvchining maqomini oshirishga qaratilgan edi. Vaqti kelib, jamiyatda o‘qituvchining mavqei bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda o‘qituvchilar haqida albatta gapirib o‘tadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha to‘xtamaymiz”, deb ko‘p aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz»

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.