Qidirish uchun yozing

Muhim

Jismoniy shaxslarga taksichilikka ruxsat beriladi

  Ulashish

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga mamlakatda taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga to‘rt kishidan ortiq bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqli yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular YaTT sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan bo‘lishi kerak.

Avtomobilni muayyan rangga bo‘yash shart emas, yopishadigan materiallar bilan avtomobil eshiklariga, kapotiga va yana qayerigadir taksi belgilari tushiriladi.

Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan yengil avtomobillarning ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi.

Hujjat loyihasida turli platformalar orqali xizmat ko‘ratadigan yuridik shaxslarga ham talablar belgilanmoqda. Masalan, masala o‘z maqomi to‘g‘risida internetga batafsil axborot joylashtirishi kerak bo‘ladi. Serverlari O‘zbekistonda joylashgan bo‘lishi kerak, soliq va boshqalar (Yandex.Taxi’ga salom).

Yuridik shaxslar taksilari yo‘l yoqasidagi parkovkalar, aeroportlar, vokzallar, avtostantsiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar parkovlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.