Qidirish uchun yozing

Asosiy Sport

Nurxon Nafasov «nohaq ayblovlardan qutilish» uchun bosh prokurordan yordam so‘radi

  Ulashish

Prezident Xalq qabulxonasi tomonida Toshkent shahrida tashkil etilgan ommaviy qabulda O‘zbekiston karate federatsiyasi sobiq rahbari Nurxon Nafasov bosh prokuror Otabek Murodov bilan uchrashibdi. Nafasov unga nisbatan «qasddan ayb uyushtirilgani, joyi kerak bo‘lgani uchun uni qator muammolarga duchor qilishgani»ni ma’lum qilib, «nohaq ayblovlardan qutilish»da bosh prokurordan yordam so‘ragan.
O‘z navbatida, huquqiy idoralar xulosasi bo‘lmay turib uning sha’nini erga urish maqsadida tarqatilgan ayblovlarga nisbatan Bosh prokuratura o‘z vaqtida munosabat bildirgani uchun minnatdorchilik ham bildiribdi (yodingizda bo‘lsa, Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati: «Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo‘ldi» degan sarlavha bilan xabar tarqatgan, Bosh prokuratura matbuot xizmati buni rad etgandi
«Ushbu masalani bosh prokuror o‘z nazoratiga olib, ishga aloqador barcha holatlarni tekshirib, huquqiy baho berilishini ma’lum qildi», — deya xabar bermoqda O‘zA.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.