Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Milliy Gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash boshqarmasining 25 nafar faxriy xodimi nafaqaga kuzatildi

  Ulashish

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tizimida xizmat olib borgan 25 nafar faxriy xodimlarni tantanali ravishda nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Milliy Gvardiya Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, tadbirda so‘z olgan Milliy Gvardiya Janubiy-g‘arb taktik guruhi komandiri, podpolkovnik Umid Azimov hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Kamoliddin Yo‘ldoshevlar faxriylarga hurmat ko‘rsatib, ularning soha rivoji uchun qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi. Faxriy xodimlarga zarbop to‘n kiygizilib, qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.
“Qo‘riqlash xizmatida faoliyat ko‘rsatib, bugun nafaqa yoshiga etgan ustozlar biz shogirdlariga soha sirlarini o‘rgatdi, bilim- ko‘nikmalarini ilindi, — deydi Qashqadaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Kamoliddin Yo‘ldoshev. – Shunday ekan, biz shogirdlar ustozlar ishini davom ettirgan holda ulardan olgan bilim-ko‘nikmalarimizni amalga tadbiq etishimiz lozim bo‘ladi.
Tadbir rejasiga ko‘ra, kunning ikkinchi yarimida faxriy xodimlar Qarshi shahrida qad rostlagan Birinchi Prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. So‘ngra, Motamsaro ona haykalini ziyorat qilib, shahardagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Kun bo‘yi davom etgan tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.