Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Maktab fan olimpiadasining Qashqadaryo viloyati bosqichida 1836 nafar o‘quvchi o‘zaro bellashadi

  Ulashish

Maktab fan olimpiadasining Qashqadaryo viloyati bosqichi bugun o‘z ishini boshladi. Olimpiadaning viloyat bosqichida joriy yil ilk marotaba 560 nafar 11-sinf o‘uqvchilari ishtirok etmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyev ma’lum qilmoqda.

Foto: Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi

Xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddisiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 7 martdagi «2018-2019 o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga muvofiq fan olimpiadasining viloyat bosqichini adolatli, xolisona, shaffofligini ta’minlangan holda uyushqoqlik va yuqori darajada o‘tkazish maqsadida tashkiliy qo‘mita, hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida 22-mart kuni tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Tashkiliy yig‘ilishda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i Behzod Jo‘rayev 11 yillik ta’limga o‘tilishi munosabati bilan joriy yil 11-sinf o‘quvchilari ham fan olimpiadasida qatnashayotganini ta’kidlab o‘tar ekan, joriy yilgi fan olimpiadasining Qashqadaryo viloyat bosqichida jami 1836 nafar o‘quvchining 560 nafari 11-sinf o‘quvchilari ekanligini aytib o‘tdi.

Maqsud Panjiyevga ko‘ra, olimpiadani shaffof o‘tkazish maqsadida har bir o‘quv xonasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Olimpiadani kuzatish maqsadida kelgan ota-onalar jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishlari mumkin.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.