Qidirish uchun yozing

Voqea

Qarshi tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida Navro‘z shodiyonalari bo‘lib o‘tdi

  Ulashish

Yasharish va yangilanish ayyomi Navro‘zi olam munosabati bilan Qarshi tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida “Sen kulsang dunyo kular bolajon” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Foto: «Ziyonews»

Tadbirda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari va MTM mudiralari ishtirok etdi.

Foto: «Ziyonews»

Tadbir avvalida so‘z olgan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutasaddisi Sojida Xaydarova davlat rahbarining e’tibori natijasida bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tubdan aytib o‘tar ekan, viloyatda ham bolalar bog‘chalari soni 665 taga etganini ta’kidladi.
“Prezidentimiz e’tibori natijasida bugungi kunda viloyatimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni ham 665 taga etdi, — deydi Sojida Xaydarova. — Bu xalq uchun, farzandlarimiz uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Eng quvonarlisi bugungi kunda 665 ta muassaslarimizdan 312 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ekanligi barchamizni quvontiradi”.

Foto: «Ziyonews»

Bayram tadbirida MTM tarbiyalanuvchilarining ijodiy chiqishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, badiiy gimnastika va rus tili to‘garagi qatnashchilarining chiqishlari mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.