Qidirish uchun yozing

Dunyo

Nazarboyev iste’fosidan keyingi sarosima: dollar ko‘tarildi, valyuta almashish shoxobchalari yopilmoqda

  Ulashish

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning iste’foga chiqishi haqidagi bayonotidan so‘ng valyuta almashish shoxobchalarida dollar qimmatladi, ayrimlari esa birdaniga talab kuchaygani tufayli sotuvni ham to‘xtatib qo‘ya qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Ikki soat avval barcha dollarlar tugadi. Nazarboyev lavozimdan ketgani haqida xabar berilishi bilan darrov to‘polon boshlandi, hamma o‘zini dollar olishga urdi”, — deydi valyuta almashish shoxobchalaridan birining xodimi.
19-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21.30 da shoxobchalarda 1 dollar 378,5 tengega teng bo‘lgan bo‘lsa, oradan yarim soat o‘tib kurs 385 tengegacha ko‘tarildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.