Qidirish uchun yozing

Dunyo

Qozog‘iston prezidentining inauguratsiyasi 20-mart kuni bo‘lib o‘tadi

  Ulashish

Kasim-Jomart Tokayevning Qozog‘iston xalqiga qasamyod qabul qilish marosimi 20-mart kuni mahalliy vaqt bilan 12:00 da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmonida aytiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Nazarboyev 19-mart kuni imzolagan farmonda 20-mart kuni o‘z vakolatlaridan kechishi haqida ma’lum qildi.

Farmonda aniqlik kiritilishicha, Nazarboyevning qarori bilan “Qozog‘iston Respublikasi prezidentining vakolatlari qolgan muddat uchun Qozog‘iston Respublikasi Senati raisiga u qasamyod qabul qilgan vaqtdan boshlab o‘tadi”.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.