Qidirish uchun yozing

Madaniyat

Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida bir hafta tekin tomosha qo‘yiladi

  Ulashish

21-27 mart kunlari O‘zbekiston teatrlarida «Teatr tomoshalari haftaligi» o‘tkaziladi. Haftalik doirasida barcha spektakllar O‘zbekistonda birinchi marta bepul namoyish qilinadi. Tomoshalar respublikadagi jami 36 ta teatrda uyushtiriladi.

Teatr haftaligining tantanali ochilish marosimi 21 mart kuni soat 14:00 da O‘zbekiston davlat drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida tomoshabinlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlar, teatr rassomlari ko‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalar ham ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz bundan sal avvalroq viloyat musiqali drama teatrining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida teatr repertuari ham e’lon qilingandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.