Qidirish uchun yozing

Asosiy

Сhiqmay qolish xavfi ostidagi “Hurriyat” gazetasiga bosh muharrir tayinlandi

  Ulashish

“Hurriyat” mustaqil gazetasi bosh muharriri Qulmon Ochilov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uning o‘rniga Abdurasul Jumaqulov bosh muharrir etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, A.Jumaqulov 2007—2010-yillar mabaynida ham “Hurriyat” gazetasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida obunachilar soni o‘ta kam bo‘lganligi sababli “Hurriyat” gazetasi chiqmay qolishi xavfi tug‘ilgandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.