Qidirish uchun yozing

Muhim Sport

Senator Mirabror Usmonov vafot etdi

  Ulashish

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi (ayni vaqtda assotsiatsiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etdi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mirabror Usmonov 12-mart kuni o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq kasallik sabab Milliy olimpiya qo‘mitasi klinikasining (“Ezgu niyat”) reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgandi.
Marhumning janozasi bugun soat 12:00 da Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida o‘qiladi.
Ma’lumot uchun, Mirabror Usmonov 2006-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. 2013-yildan 2017-yilgacha Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan. 2005-yildan esa Oliy Majlis senatori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.