Qidirish uchun yozing

Muhim

Qashqadaryoda 366 nafar harbiy xizmatchiga imtiyozli kredit beriladi

  Ulashish

2018-2019 yillarda Qashqadaryo viloyatida muddatli harbiy xizmatini o‘tagan jami 366 nafar askarga imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qilmoqda.

Foto: Ahror Sodiqov

Ahror Sodiqovga ko‘ra bu — Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Foto: Ahror Sodiqov

“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli viloyatdagi 11 ta harbiy qismda o‘tkazilgan o‘quv-seminarlarga 679 nafar harbiy xizmatchilar qamrab olindi, — deydi O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi direktori Adham Tohirov. – Saralash ikki bosqichda olib borildi — test va insho ko‘rinishida. Yakunda 366 nafar muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli kreditlar olishga loyiq deb topildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.