Qidirish uchun yozing

Dolzarb

O‘zbekistonda talabalar stipendiyadan voz kechish hisobiga kontrakt pulini kamroq to‘lash huquqiga ega bo‘lishi mumkin

  Ulashish

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab:

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)ga hujjat topshirish huquqi beriladi;

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga hujjatlarni yashash manzilidan qat’iy nazar davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish huquqiga ega ;

to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan barcha bosqich talabalari stipendiyalardan voz kechish hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravishda kamaytirilgan to‘lov-kotrakt pulini to‘lash huquqiga ega;

OTMlarning sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda o‘qitishning qiymati kunduzgi ta’lim shaklidan past bo‘lganligini inobatga olib, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.

Qaror loyihasi muhokamasi 28-martga qadar davom etadi. Loyiha shu ko‘rinishda qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki butunlay rad etilishi mumkin.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.