«Liverpul» sardori noma’lum muddatga safdan chiqdi
  Ulashish

«Liverpul» klubi sardori Jordan Xenderson jarohat olib safdan chiqdi.
28 yoshli futbolchi kecha “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning 13-daqiqasidayoq jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga uchrashuvni Fabino davom ettirdi.
“Xenderson to‘pig‘ini qayrib oldi. Umid qilamanki jarohat biz o‘ylaganchalik jiddiy emas”, — deydi mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
Uning qachon safga qaytishi tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Xenderson joriy mavsum “Liverpul” safida jami 32ta o‘yinda ishtirok etdi.