Qidirish uchun yozing

Mahalliy

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 10 foizi YHXB xodimlarini rag‘batlantirishga sarflanadi

  Ulashish

Hukumatning ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 45 foizi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. Ilgari bu qiymat jarimalarning 55 foizini tashkil etgan.

Jarimalar summasining 10 foizi esa Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Qonunchilikka muvofiq, qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan lavozim maoshining 50 foizgacha jarima solinadi.

Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mazkur jarima mablag‘lari Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldirilishi belgilandi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.