Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Maktabdagi kiyinish xonasiga kim kamera o‘rnatgan edi?

  Ulashish

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 5-maktab jismoniy tarbiya kiyim almashtirish xonasida kameralar o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati 7 mart kuni mazkur holatni o‘rgangan. Bu haqda vazirlik sayti yozmoqda. Natijada 5-maktab sport zalining o‘g‘il va qiz bolalar kiyim almashtirish xonalarida kameralar o‘rnatilgani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, kiyim almashtirish xonalaridagi kameralar demontaj etilgan va bu kabi holatlarning oldini olish borasida barcha maktab rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Kameralar kim tomonidan nima maqsadda va qachon o‘rnatilganiga aniqlik kiritilmagan.

1 ta muhokama

  1. Baxrom 12.03.2019

    Yaxshi maqolalarni ajoyib

    Ответить

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.