Qidirish uchun yozing

Dolzarb

Vazir: Farzandingiz Prezident maktabida o‘qishini istasangiz ingliz tilini o‘rgatishni boshlang

  Ulashish

“Farzandingiz Prezident maktabida o‘qishini istasangiz ingliz tilini o‘rgatishni boshlang”. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zbekistonlik ota-onalarga shunday maslahat berdi.
“Prezident maktablarida qabul va ta’lim jarayoni Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan hamkorlikda olib borilishini inobatga olib ingliz tili o‘rganishning muhimligi haqida eslatib o‘tmoqchiman. Albatta, hali imtihonlarning qanday o‘tishi haqida ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgandan keyin batafsil e’lon qilinadi. Ingliz tilini o‘rganishni esa hozirdan boshlash kerak. Maktabda asosiy fanlar xorijiy pedagoglar tomonidan ingliz tilida olib borilgani uchun ham o‘qish jarayonida ingliz tilini bilish juda zarur”, deydi Sherzod Shermatov.
Vazirga ko‘ra, bolalarga BMTning 6 ta rasmiy tilidan kamida ikkitasini to‘laqonli bilish imkoniyati yaratilsa ularni kelajakdagi muvaffaqiyatlariga mustahkam poydevor yaratib berilgan bo‘ladi. Ingliz tilini maktabdan tashqari paytlarda o‘rganish imkoniyatlari ham juda ko‘p: Shermatov xorijiy tillarni o‘rganishda asqotadigan internetdagi foydali resurslar ayrimlarini ro‘yxatini keltirgan.
“Internet yomon ishlaydi degan iddaolar ingliz tilini o‘rganmaslikka bahona bo‘lmasligi kerak. Oddiy misol, O‘zbekistondan oyiga 2 milliondan ortiq foydalanuvchi Odnoklassnikida faol, 1 million atrofida Feysbukda, Telegrammda qanchaligi aniqmasku, lekin uning dunyodagi 200 millionlik auditoriyasida eng katta o‘rinlardan biri aynan O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda bekor vaqt ketkazishdan ko‘ra, ularning imkoniyatlaridan foydalanib ham ingliz tilini o‘rgansa bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Sherzod Shermatov.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.