Qidirish uchun yozing

Muhim

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirishda talab qilish taqiqlangan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi

  Ulashish

Hukumat qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikka qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:

haydovchining imtihon varaqasi;

milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;

tibbiy ma’lumotnoma;

transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Ya’ni, 2020-yil 31-dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.