Qidirish uchun yozing

Kerakli

Qashqadaryoda bir kunda 7 ta nodavlat bog‘cha ochildi. Viloyatdagi nodavlat bog‘chalar soni 312 taga yetgani aytilmoqda

  Ulashish

7 mart kuni Qashqadaryo viloyatida 7 ta nodavlat bog‘cha ish boshladi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Ziyonews

Qashqadaryo viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonovning ma’lum qilishicha, 7 mart kuni faoliyatini boshlagan nodavlat bog‘chalarning 4 tasi Mirishkor tumanida ochilgan bo‘lsa, qolgan 3 tasi Yakkabog‘ tumanida ish boshlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, mirishkorlik tadbirkor Laziz Turdaliyev bankdan 1 milliard 700 million kredit olib, o‘z mablag‘idan 700 million qo‘shimcha qilgan holda qarovsiz yotgan erdan 100 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etgan.

“Qarovsiz va tashlandiq yerni olib, yillik foizi 1 foiz bo‘lgan 1 milliard 700 million so‘m kredit oldik va ishni boshlab yubordik, — deydi “Yosh bilimdon” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Laziz Turdialiyev. – Jami 2 milliard 400 million mablag‘ evaziga zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan bog‘chamiz o‘z faoliyatini boshladi.
Bog‘cha mudirasi Gulnoza Qodirovaning qo‘shimcha qilishicha, mazkur nodavlat bog‘cha ochilishi bilan 100 nafar bola qamrab olingan. “Shundan 17 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari ham bo‘lib, ular uchun oylik to‘lov 30 ming so‘mni tashkil etsa, 8 nafar etim bolalarga bepul ta’lim-tarbiya beramiz, — deydi bog‘cha mudirasi Gulnoza Qodirova.

Gulnoza Qodirova
Foto: Ziyonews

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonovning ma’lumot berishicha, viloyatda bugungi kunda 665 ta bog‘cha mavjud bo‘lib, shundan 312 tasi nodavlat bog‘cha hisoblanadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.