Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qarshi shahri ko‘chalarida ayollarga bayram kayfiyati ulashilmoqda

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatida ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan joylarda madaniy tabirlar, ko‘ngilochar loyihalar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar bermoqda.

Foto: Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega, — deydi Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Sobirjon Musulmonov. – Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda, xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda. Ularni qancha qadrlasak, mehr ko‘rsatsak kam.
Bugun viloyatning eng olis qishloq joylarida ham go‘zallik salonlari, tikuvchilik tsexlari tashkil etildi. Kechagina kollejni tamomlagan qizlarimiz bugun tadbirkor, hunarmand bo‘lib mustaqil ravishda o‘z ishini boshlashga bel bog‘lashgan.

Foto: Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati

Harbiy havo kuchlari, viloyat YHB va “Mening yurtim” telekanallari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu tadbir 8 mart kuni ham viloyat ko‘chalari bo‘ylab davom etadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.