Qidirish uchun yozing

Asosiy Mahalliy

Ichki ishlar vaziri va Bosh prokuror o‘zgarishi kutilmoqda

  Ulashish

Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda minbar.uz xabar bermoqda. Vazir Po‘lat Bobojonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga bir necha nomzod ko‘rib chiqilmoqda.

Minbarning Ichki ishlar tizimidagi manbalarining aytishicha, vazir lavozimiga tayinlanishi ehtimoli eng katta nomzodlardan biri hozir Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasini boshqarayotgan general-mayor G‘ayrat Qodirovdir. IIV matbuot xizmati hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi.

G‘ayrat Qodirov militsiyadan chiqqan kadr bo‘lib, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.

Prokuraturadan chiqqan Po‘lat Bobojonov katta ehtimol bilan yana Bosh prokuraturaga qaytishi kutilmoqda. U Otabek Murodovning o‘rniga O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlanganligi haqida ma’lumot bor. Hozircha bu ma’lumotni na Bosh prokuratura, na IIV matbuot xizmati tasdiqladi.

Po‘lat Bobojonov 2017 yil sentyabrda Ichki ishlar vaziri bo‘lgan. Ungacha Xorazm viloyati hokimi (2012-2017), Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori (2006-2012), Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i (2005-2006), Bosh prokuror o‘rinbosari (2000-2005) sifatida ishlagan.
Norasmiy xabarlarga ko‘ra Po‘lat Bobojonov bosh prokuror, G‘ayrat Qodirov esa Ichki ishlari vaziri bo‘lishi kutilmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.