Qidirish uchun yozing

Dunyo

Tanzaniyada bolalarni qurbonlik keltirgani uchun 65 nafar “jodugar” hibsga olindi

  Ulashish

Tanzaniya politsiyasi kamida 10 nafar bolani qurbonlik uchun o‘ldirgan 65 nafar “jodugar”ni hibsga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qotillik yanvar oyida bo‘lgan. Ko‘pchilik bolalarning tana a’zolari olingan. Bolalar janubi-g‘arbiy Nombe viloyatida hamda shimoliy Simiyu viloyatida o‘ldirilgan. Bolalarning eng kichigi 5 yoshda bo‘lgan.

Tanzaniyada va qo‘shni Afrika mamlakatlarida inson tanasining ba’zi a’zolari diniy marosimlarda yordam berishiga ishoniladi. Albinizmi bo‘lgan kishilarning tana a’zolari marosimlarda ayniqsa kuchli bo‘lib, bu esa albinos qotillari ko‘payishiga olib keladi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.