Qidirish uchun yozing

Muhim

Gulnora Karimova o‘z xonadonidan o‘g‘irlab ketilganmi? Bosh prokuratura izoh berdi

  Ulashish

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagram’ga joylagan storisda onasi o‘z xonadonidan o‘g‘irlab ketilganligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Repost.

Foto: Instagram / @iman.k17


Imonning so‘zlariga ko‘ra, ularning Toshkentdagi kvartirasiga prokuratura xodimlari bostirib kirib, dastlab onasiga tahdid qilgan, so‘ng uni noma’lum tomonga olib ketgan.
“Ayni paytda u qayerda ekanligini va unga nima qilganligini hech kim bilmaydi, ammo Shveysariyadagi advokatlar va prokurorlar xabardor qilingan va ular choralar ko‘rmoqda”, — deb yozdi Imon.
Gulnora Karimovaning qizi onasi muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinganidan keyin, 2018-yil iyuni oxiridan buyon Toshkent hududidagi xonadonda yashayotganini tasdiqladi.
Nashr ushbu holat yuzasidan izoh olish uchun O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilganida Imon Karimovaning bayonoti haqiqatga zid ekanligini, joylashtirilgan fotosuratlar esa eski ekanligini ma’lum qilishgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.