Qidirish uchun yozing

Mahalliy

1-iyuldan taksichilar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi

  Ulashish

O‘zbekistonda 2019-yilning 1-iyulidan litsenziyalangan taksilarga nisbatan bir qator yangi talablar kuchga kiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

2019-yil 1-iyuldan boshlab o‘rnatiladigan tartibga muvofiq:

yo‘nalishli taksilar uchun talab etiluvchi to‘lov terminallari, taksometr hisoblagichlar va radioaloqa qurilmalari almashtirilayotgan uskunalar funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovalarga ega qurilmalar (mobil telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) bilan almashtirilishi mumkin;

yo‘nalishli taksiga qonunchilik bilan talab etiluvchi rangni o‘zi yopishuvchi materiallardan foydalanish yo‘li bilan bo‘yash zaruratisiz berish;

yo‘nalishli taksi sifatida ishlatiluvchi va tashqi hamda ichki bezak yagona belgilari bilan jihozlangan yengil avtomobillar yo‘nalishli transport vositalari harakatining maxsus yo‘lagidan yurishi, shuningdek, “To‘xtash taqiqlangan” belgisi amal qiluvchi joyda to‘xtashi mumkin;

xalqaro avtomobil tashuvlari uchun xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar olish uchun ariza qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Mirziyoyev Transport vazirligiga bir oylik muddatda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega yuridik shaxslar inventarizatsiyasini o‘tkazish vazifasini yukladi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.