Qidirish uchun yozing

Dolzarb Kerakli

Yoshlar ittifoqi a’zolari ko‘ngli yarim bolalarga quvonch ulashdi

  Ulashish

Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qism boshlang‘ich tashkilot etakchilari Qarshi shahridagi “Muruvvat” uyida bo‘lib, bolajonlarga she’riy va nasriy asarlar to‘plami, ust-bosh, sport kiyimlari hamda estalik sovg‘alari taqdim etishdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar bermoqda.

Foto: Ahror Sodiqov

“Ko‘ngli yarim bolalarga quvonch ulashishdan ko‘ra savobliroq ish bo‘lmasa kerak, — deydi Ahror Sodiqov. – Yoshlar ittifoqi etakchilari ham ayni maqsad yo‘lida ushbu dargohga kelishdi. Bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida kontsert dasturi namoyish etildi. Tarbiyalanuvchilarga sovg‘a-salom ulashildi.

Foto: Ahror Sodiqov

Ahror Sodiqovning bildirishicha, mazkur tadbir Prezidentning 2016 yil 12 avgustdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijosini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilariga quvonch bag‘ishladi.

Tadbirda musiqiy chiqishlar, milliy va intellektual o‘yinlar namoyish etildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.