Qidirish uchun yozing

Sport

Taekvondochimiz Charos Qayumova Erondagi musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

  Ulashish

Taekvondochilarimiz Eronning Fajr shahrida o‘tkazilgan “Fajr Open” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. E’tiborlisi, -53 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Charos Qayumova tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi sportchisi, deb topildi.

Qolaversa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:
Ayollar
-49kg: Madina Mannopova – 2-o‘rin
-53kg: Charos Qayumova – 1-o‘rin
-62 kg: Feruza Sadiqova – 1-o‘rin
-67kg: Nigora Tursunqulova – 1-o‘rin
+73 kg Svetlana Osipova – 2-o‘rin
Erkaklar
-54 kg: Valentin Xegay – 3-o‘rin
-74 kg: Nikita Rafalovich – 3-o‘rin

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.