Qashqadaryo hokimi 8-mart munosabati bilan viloyatdagi 500 nafar faol ayollarga noutbuk sovg‘a qildi
  Ulashish



Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev jamiyat hayotida faol bo‘lgan xotin-qizlarning 500 nafariga noutbuk sovg‘a qilinganligini ta’kidladi.

“Bayram bahona viloyat hayotidagi faolligi uchun ushbu tadbirga chaqirilgan 500 nafar faol xotin-qizlarga zamonaviy noutbuk va viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan yozuvchisi Abdurahim Erkayev muallifligidagi kitob ham sovg‘a qildik, — deydi Zafar Ro‘ziyev. –

Ayollarga kitob sovg‘a qilishimiz bejizga emas, boisi farzandlarimiz tarbiyasida asosan ayollar muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, onalarimizning o‘zi birinchi galda ma’naviyati yuksak inson bo‘lishi kerak”

Kontsert dasturining ilk daqiqalarida chiqish qilgan maktab o‘quvchilarining onalarni math etuvchi she’rlari mehmonlar olqishiga sazovor bo‘lish barobarida yig‘ilganlarning ko‘ziga yosh olishiga ham sabab bo‘ldi.

Kontsert so‘ngida tadbir ishtirokchilaridan iborat 500 nafar ayollar shahar markazidagi “Vatanparvarlar” bog‘ida ham bo‘ldi.


