Qidirish uchun yozing

Asosiy Kerakli

Qarshi shahridagi “Jurnalistlar uyi” qariyb 1,5 milliard mablag‘ evaziga yangi qiyofaga kiradi

  Ulashish

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “Jurnalistlar uyi”da ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Binoni zamonaviy qiyofaga keltirish, unda OAV xodimlari faoliyati uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Botir Musurmonov xabar bermoqda.

Botir Musurmonovga ko‘ra, bino ta’miri uchun mahalliy byudjetdan 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ evaziga binoning tom qismi, tashqi fasadi va ichki xonalarning eshik va deraza romlari almashadi.
“Shu vaqtgacha to‘rt qavatli inshoot ta’mirtalab ahvolda edi. Endilikda bu erda kommunikatsiya tarmoqlari yangilanib, binoning ichki va tashqi qismi tamoman yangi, zamonaviy qiyofa kasb etadi, — deydiladi “Qashqadaryo” gazetasi xabarida. — Xuddi shunday qurilish-ta’mirlash ishlari viloyat televideniesi binosida ham olib borilmoqda.

Botir Musurmonov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bino 1983 yil qurilgan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida umuman ta’mirlanmagan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.